AsosiyDunyo

Besh kun ichida Yaponiyada 600 dan ortiq zilzila qayd etildi

100 ming kishi evakuasiya qilingan.

Kuchli zilzilalarning umumiy soni Yaponiyaning Kyusyu orolida so`nggi besh kunda 600 dan oshdi. Er osti silkinishlari haligacha davom etmoqda. Mahalliy hukumat aholini ehtiyotkorlikka chaqirmoqda.

Aniqlanishicha, tabiiy ofat oqibatida 44 kishi halok bo`lgan. Mingdan ortiq kishi turli darajadag tan jarohati olgan. 94 ming aholi o`z uylarini tashlab chiqishga majbur bo`lgan, ularning barchalari evakuasiya hududida, deya xabar beradi NHK.

Eslatib o`tamiz, Kyusyu orolidagi ilk zilzila 14 aprel kuni sodir bo`ldi. Shundan buyon zilzilalar to`xtamagan.
Zilzilalar munosabati bilan O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov Yaponiya xalqiga ta`ziya izhor etdi.

Boshqa yangiliklar