“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe mavsum yakuniga etganidan so`ng jamoasin almashtiradi. Bu haqda taniqli insayder Janluka Di Marsio xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22 yoshli fransiyalik futbolchi “Real Madrid” klubi shartnoma imzolash bo`yicha kelishib olgan. Biroq u “qirollik” klubi bilan 2022 yilning fevraliga qadar “Real” bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Ma`lumot uchun, Mbappening “PSJ” bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo`jallangan. U parijliklarni erkin agent sifatida tark etadi.






