1

“Orzuga qaytish” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Madaniyat 28.10.2021, 12:32
“Orzuga qaytish” qisqa metrajli filmi suratga olindi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Orzuga qaytish”  (“The return to dreams”) qisqa metrajli filmi suratga olindi. Postanovkachi rejissyor Kimi Meguro. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur kinokartina “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidagi “Kino 5 kunda” yosh rejissyorlar loyihasida yaponiyalik ijodkorlar bilan birga yaratilgan.  

“Orzuga qaytish” qisqa metrajli filmida bosh qahramon keksa cholning hayotiy kechinmalari qiziqarli voqealar orqali aks ettirilgan.

Ma`lumot uchun, “Kino 5 kunda” tanlovida Ispaniya, Belarus, Hindiston, Rossiya, Armaniston, Qozog`iston va boshqa mamlakatlardan yosh kinoijodkorlar ishtirok etishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1