AsosiyJinoyat

Toshkent shahrida omborni o`margan shaxs qo`lga olindi

Noma`lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tumani Gavhar ko`chasida joylashgan «Boshqurilishbutlash» MChJga qarashli omborxonaga eshik qulfini kalit tanlash yo`li bilan ochib kirib, bir qancha miqdorda qurilish mollari va boshqa mahsulotlarni o`g`irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi 35 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar beradi.

Boshqa yangiliklar