AsosiyDunyo

Microsoft dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi

'Microsoft dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylandi'ning rasmi

 

"Apple" ning aksiyalari 3 foizga tushgani sabab "Microsoft" eng boy kompaniyaga aylandi. 

Microsoft dunyodagi eng yirik bozor kapitallashuviga ega kompaniya bo`ldi, deb yozadi Reuters. Microsoft bu orqali "Apple"ni ushbu maqomdan mahrum qildi.

Toshkent vaqti bilan soat 19:30 holatiga ko`ra, Microsoft kapitallashuvi 2,45 trillion dollarni, Apple kompaniyasi esa 2,41 trillion dollarni tashkil qilgan.

"Apple" aksiyalari asosan so`nggi ikki hafta ichida o`sdi. Ammo kompaniya sentyabr oyida yakunlangan chorak natijalarini e`lon qildi va ular tahlilchilarning prognozlaridan past bo`ldi.

Kompaniya 2020 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga ko`p, rekord darajadagi 83,4 milliard dollar daromad oldi. Biroq ekspertlar daromadni 84,85 milliard dollar deb kutgan edi. Kompaniya etkazib berishdagi muammolar tufayli 6 milliard dollar yo`qotdi, dedi uning bosh direktori Tim Kuk. U kompaniya joriy chorakda ta`minot zanjirida yanada katta muammolarni kutayotgani haqida ogohlantirdi.

Kompaniyaning asosiy mahsuloti iPhone sotuvi ham kutilganidan past bo`lib, 38,87 milliard dollarni tashkil qildi.

Microsoft aksiyalari, aksincha, juma kungi savdolar davomida deyarli 1 foizga qimmatlashib, har bir aksiya uchun 327 dollarni tashkil qildi. Kompaniya so`nggi chorakda "Apple"dan farqli o`laroq, tahlilchilarning daromad bo`yicha kutganidan oshib ketdi: u o`tgan yilga nisbatan 22 foizga o`sdi va 45,32 milliard dollarni tashkil qildi.

Apple Qo`shma Shtatlarda birinchi bo`lib 1 trillion dollar kapitallashuvni, keyin esa 2 trillion dollarni engib chiqdi. Microsoft 2020 yilda bozor kapitallashuvi bo`yicha Apple-ni ortda qoldirdi. Microsoft kompaniyasining 2021 yil iyun oyidagi foydasi 2 trillion dollardan oshib ketdi.

    Boshqa yangiliklar