AsosiyDunyo

Kelajakda insoniyat nazorat qila olmaydigan xavfli virus tarqaladi — Tedros Gebreyesus

'Kelajakda insoniyat nazorat qila olmaydigan xavfli virus tarqaladi — Tedros Gebreyesus'ning rasmi

JSST rahbari kelajakda yangi virus paydo bo`lishini tahmin qilmoqda.

Uning so`zlariga ko`ra, bu insoniyat nazorat qila olmaydigan kasallik bo`ladi.

U G20 davlatlari moliya va sog`liqni saqlash vazirlarining Rimda o`tkazilgan yig`ilishida erda tarqalishini to`xtatib bo`lmaydigan yana bir virusning paydo bo`lishi "biologiya nuqtai nazaridan shubhasiz" hisoblanishini aytib o`tdi.

"Ushbu pandemiyani tugatsak ham, biz u bergan darsdan xulosa chiqarishimiz va keyingisiga tayyorlanishimiz kerak. Biologiya nuqtai nazaridan qaysidir onda biz shunchaki ushlab tura olmaydigan virusning paydo bo`lishi shubhasiz",– dedi u.

U "yuqori darajadagi xavflar"ga qarshi kurashda "yuqori darajadagi siyosiy ishtirok" zarurligini ta`kidlagan.

JSST rahbari, shuningdek, dunyoda vaksinalardan foydalanishda tenglik yo`qligiga e`tibor qaratib, hozirda virusga qarshi sayyora aholisining 36 foizi to`liq emlangani, Afrikada esa ushbu ko`rsatkich atigi 6 foizni tashkil etishinieslatib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar