Meksikada xizmat vazifasini bajarayotgan paytda patrul mashinasida ochiq elkalarini suratga tushirgan polisiya ofiseri Nidiya Garsiya ishdan haydaldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Nidiya mazkur suratlarni o`zining Facebook`dagi sahifasida e`lon qilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, ofiser Eskopedo shahrida xizmat vazifasini ado etayotgan edi.
Polisiya ofiseri Garsiyaning xatti-harakatlari jamoatchilikda norozili kayfiyatini uyg`otdi. Ikki farzandning onasi xayfsan oldi va o`z xizmat vazifasidan tergov-tekshiruv ishlari yakuniga qadar chetlatildi.
Tergov ishlari davomida ayolni kim suratga olgani ham aniqlashtiriladi. Suratni ayolning o`zi olganmi yoki bu ishda unga sherigi ko`maklashgani hozirda tekshirilmoqda.

Ofiserning o`zi qilmishidan afsusda ekanligini bildirgan.
“Men afsusdaman,ish vaqtida ofiser kiyimida bunday suratga tushmasligim kerak edi. Bu qilmishim bilan turmush o`rtog`im, farzandlarim va boshqa oila a`zolarim sha`niga to`g`ri kelmaydigan ish qildim”,—deydi Garsiya.





