AsosiyDunyo

Buyuk Britaniya Afg`onistonga gumanitar yordam uchun 69 million dollar ajratadi

'Buyuk Britaniya Afg`onistonga gumanitar yordam uchun 69 million dollar ajratadi'ning rasmi

Buyuk Britaniya Afg`onistonga gumanitar yordam ko`rsatish uchun 69 million dollar ajratadigan bo`ldi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson xabar berdi.

 Ta`kidlanganidek, ushbu mablag`lar Afg`oniston fuqarolariga oziq-ovqat, dori-darmon, boshpana qurish uchun materiallar etkazib berish orqali yordam ko`rsatishga yo`naltiriladi. 

Ayol va qizlarga ko`mak berishga alohida e`tibor qaratiladi. 

"Bugungi moliyalashtirish eng zaif odamlarni zudlik bilan himoya qilishni ta`minlaydi. Lekin Afg`onistondagi gumanitar falokatning oldini olish va o`tgan yigirma yildagi yutuqlarni saqlab qolish uchun chinakam sa`y-harakatlar talab etiladi", - deya qo`shimcha qildi Britaniya hukumati rahbari.

    Boshqa yangiliklar