Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Leonid Yakubovichning avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda “Topnews.ru” xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, “Pole chudes” ko`rsatuvi boshlovchisi Rublevo-Uspenskiy ko`chasida rafiqasi va 11 yoshli nabirasi bilan o`zining Mercedes avtomobilida ketayotgan edi. YTH oqibatida boshlovchi va uning oila a`zolariga zarar etmagan.
“Qo`rqinchli narsa sodir bo`lgani yo`q. Mashinam bamperiga biroz zarar etdi, xolos”,—dedi Leonid Yakubovich.
Bundan biroz avval ham ayrim nashrlar Leonid Yakubovich mudhish avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqatgan edi. Ammo, bu xabarlar o`z tasdig`ini topmagan edi.
Leonid Yakubovich "Pole chudes" ko`rsatuviga 1991 yilning 1 noyabridan boshlab boshlovchilik qiladi.





