Kuni kecha O`zbekistonning Istanbul shaxridagi Bosh konsulxonasiga ikki nafar farzandning onasi – fuqaromiz N.Sh.R. murojaat qildi, deya xabar bermoqda O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning avgust oyida fukaro A. (O`zbekistonda) va D. (Turkiyadagi opasi) tomonidan enagalik qilish uchun aldov yo`li bilan Istanbulga olib kelingan va fohishalik qilish uchun majbur qilingan.
Ularning tuzog`idan qochishga harakat qilgan N.Sh.R. mahalliy polisiya tomonidan ushlangan.
Polisiya uchastkasidan fuqaro N.Sh.R.ni D. ismli boshqa bir fuqaro olib chiqib, N.Sh.R.ga 500 AQSh dollar mikdorida qarz qo`ygan. Pasport va boshqa ashyolarini olib qo`yib D. ham N.Sh.R ni fohishalik qilishga majburlagan.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni fuqaro N.Sh.R. u erdan qochib, O`zbekiston konsulxonasiga keldi.
Bosh konsulxona va “O`zbek ayolar huquqlari jamiyati” (Ozbek Kadın Hakları dernegı) bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasiga ko`ra N.Sh.R.ga tegishli bo`lgan shaxsiy ashyolar va hujjatlar qaytarib olindi va hozirgi vaqtda yurtdoshimizni vatanga qaytarish bilan bog`liq masalalar ko`rib chiqilmoqda.