AsosiyDunyo

Turkiyada buxorolik yosh olimning oltita kitobi chop etildi

'Turkiyada buxorolik yosh olimning oltita kitobi chop etildi'ning rasmi

yuz.uz saytining xabar berishicha, Buyuk ajdodimiz Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ta`limoti, tasavvuf, Etti pir qadamjolari tadqiqiga bag`ishlangan bu kitoblarda buyuk ajdodlarimizning boy ma`naviy merosi atroflicha tahlil etilib, ularning dunyoviy ahamiyati o`ziga xos yo`sinda ochib berilgan.

Oramizda iqtidorli, izlanuvchan yoshlar juda ko`p. Ulardan biri buxorolik Komiljon Rahimovdir. Yaqinda u Respublika Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan o`tkazilgan “Yangi O`zbekistonning iste`dodli yoshlari” deb nomlangan eng yaxshi maqolalar tanlovi g`oliblari qatoridan o`rin olib, "Naqshbandiya tariqatining paydo bo`lishi va uning xorijiy mamlakatlarga tarqalishi” mavzusidagi maqolasi alohida e`tirof qozongan edi.

Turkiyaning Anqara shahrida Komiljon Rahimovning birato`la oltita kitobi chop etildi. Buyuk ajdodimiz Abdulxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband ta`limoti, tasavvuf, Etti pir qadamjolari tadqiqiga bag`ishlangan bu kitoblarda buyuk ajdodlarimizning boy ma`naviy merosi atroflicha tahlil etilib, ularning dunyoviy ahamiyati o`ziga xos yo`sinda ochib berilgan.
 

    Boshqa yangiliklar