1

Saudiyaliklar Barak Obamadan nechog`lik ranjiganini ko`rsatib qo`ydi

Dunyo 21.04.2016, 10:48
Teglar: Barak Obama
Saudiyaliklar Barak Obamadan nechog`lik ranjiganini ko`rsatib qo`ydi

AQSh prezidenti Barak Obama 20 aprel, chorshanba kuni rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi. Saudiyaliklar esa uni xushlamaygina qabul qildi, deb yozadi “RIA Novosti” xabar bermoqda

 “Bugun Obama saudiyaliklarni qanchalik ranjitgani ma`lum bo`ldi. Uni sovuqqina kutib olishdi”,—deyiladi xabarda.

Barak Obamani Saudiya aeroportida an`anaga ko`ra qirol emas, Ar-Riyod gubernatori boshchiligidagi kichik delegasiya kutib oldi.

Saudiya qiroli AQSh prezidenti bilan ikki davlat rahbarlari muzokaralar o`tkazgan Erga qasridagina uchrashdi.

Saudiya OAVlari Barak Obamaning mamlakatga tashrifi haqida biron marta ma`lumot bermadi. Avvalroq mamlakatga tashrif buyurgan Fors ko`rfazi mamlakatlari rahbarlarining tashrifi esa Saudiya telekanallarida yoritilgan edi.

Oqibatda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari  Obamaning Saudiyaliklar tomonidan xushlamaygina qabul qilinganini muhokama qilishdi.

Siyosiy tahlilchi Mustafa Alani AQSh prezidentini kutib olishga martabali delegasiyaning chiqmaganini noodatiy hol deb atadi. Uning fikricha, Saudiya Arabistoni shu tarzda Obamaga ishonmasligini bildirib qo`ydi.

“Saudiyaliklar AQShning avvalgi prezidentlari bilan ham uncha chiqishmagan. Ular Obamaga ishonmasliklarini ko`rsatib qo`ydi",— deydi tahlilchi.

Saudiya Arabistoni Vashingtonning Eron bilan hamkorlik qilishidan cho`chimoqda. Yaqinda Obama o`z intervyularidan birida saudiyaliklarni “ittifoqdosh” deb atagan va Tehron bilan Yaqin Sharqdagi hududni bo`lishishni taklif qilgan edi. Bu so`zlar saudiyaliklarni g`azablantirgan edi. AQSh kongressida so`nggi paytlarda Saudiya Arabistoni rahbarlari tanqid ostiga olingan edi. Siyosatchilar Ar-Riyodga qurol sotishni cheklashni taklif qilgan, shuningdek Saudiya Arabistonining 11 sentyabrdagi teraktlarga aloqadorligini taxmin qilgan edi. Saudiyaliklar bunga javoban AQShdagi o`z aktivlarini arzon narxda sotib yuborish bilan tahdid qilgandi.

Sharhlar

​Obamaning qizi Sashaning haqiqiy ismi amerikaliklarni hayratga soldi

15.06.2017, 09:39

10 iyun kuni AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning qizi Sasha 16 yoshga to`lganini nishonladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Amerikalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni tug`ilgan kuni...
​Barak va Mishel Obamalar Vashingtondan 8,1 million dollarga uy sotib oldi

01.06.2017, 12:48

Barak va Mishel Obamalar Vashingtonning nufuzli tumanidagi uylardan birini sotib oldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri. Mazkur uyni ular Barak Obamaning prezidentlik muddati tugagandan keyin...
​OAVlar Barak Obamaning nima uchun oq tanli qizga uylanmaganidan xabar topdi

04.05.2017, 14:48

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama oq tanli qizga uylanishga jur`at etolmagan, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri Devid Gerrouning Barak Obamaning hayoti haqida yozilgan memuar asariga...
​Barak Obama so`zlagan nutqi uchun 400 ming dollar gonorar oladi

25.04.2017, 11:27

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama sog`liqni saqlashga bag`ishlab o`tkaziladigan anjumanda so`zlaydigan nutqi uchun uchun rekord darajadagi – 400 ming dollar gonorar oladi, deb xabar berdi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1