AQSh moliya vazirligi 10 va 20 dollarlik kupyuralar dizaynini o`zgartirishga qaror qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Mamlakat tarixida birinchi marta banknotlarda ayol surati paydo bo`ladi.
20 dollarlik kupyuraga XIX asrda qullar ozodligi uchun kurashgan qora tanli ayol Garriet Tabmenning surati qo`yiladi.
10 dollarlik kupyuraning oldi tomonidan AQShning birinchi moliya vaziri Aleksandr Gamiltonning surati saqlanib qoladi. Ikkinchi tomoniga esa ayollar surati tushiriladi.