AsosiyDunyo

Ukrainada 2014 yil 1 yanvardan keyin suratga olingan Rossiya filmlari namoyishi taqiqlandi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2014 yil 1 yanvardan keyin Rossiya kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan filmlarni namoyish qilishni taqiqlash haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri.

Ukraina parlamenti 29 martda tasdiqlagan qonun loyihasiga binoan Rossiya kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan badiiy filmlar, teleseriallar, teleko`rsatuv va teledasturlar namoyishi taqiqlandi. Hujjatga ilova qilingan xatda “Ukraina milliy xavfsizligini nazarda tutgan holda, uni turli axborotlardan himoya qilish maqsadida” qonun chiqarilgani ko`rsatib o`tilgan. 

2015 yilning dekabr oyida Ukraina madaniyat vazirligi mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soladigan 83 nafar rossiyalik va jahonga mashhur madaniyat arboblarining ismi sharifini e`lon qildi. Bu ro`yxatga rejissyorlar Karen Shaxnazarov va Pavel Lungin, aktyorlar Vasiliy Lanovoy, Valentin Gaft, Oleg Tabakovlar kiritilgan. “Qora ro`yxat”dan tashqari, “oq ro`yxat” ham mavjud bo`lib, unga Ukrainani qo`llab-quvvatlovchi madaniyat xodimlari – Andrey Makarevich, Liya Axedjakova, Arnold Shvarsenegger, Jorj Kluni va boshqalar kiritilgan.

Boshqa yangiliklar