Xabaringiz bor, kecha O`zbekistonning ayrim joylarida changli bo`ron kuzatildi.
Changli g`ubor avval Sirdaryoda boshlangan bo`lsa, keyin boshqa hududlarda ham aks eta boshladi.
Toshkent ko`chalarida ham shundan holat bo`layotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
"O`zgidromet" kuzatilgan bu changli g`ubor bo`yicha ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, O`zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelgan Sovuq front zonasida shamolning 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatilgan.
Shamol kuchayishining oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko`tarilgan va respublikaning bir qator tumanlarida ko`rinuvchanlik 500-1000 m gacha pasayib, chang-qumli g`ubor holatini keltirib chiqargan.
Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshgan.
Eslatib o`tamiz, bu changli g`ubor bugun ham kuzatilishi kutilmoqda.






