Surxondaryo viloyati Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatning Termiz shahri va Termiz tumanlarida yashovchi bir guruh xalqaro terroristik guruhlar faoliyatini qo`llab-quvvatlab kelgan shaxslarning faoliyatiga chek qo`yildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.
Qo`lga olingan shaxslarning xonadonlarida o`tkazilgan tintuv jarayonida xotirasida ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar bo`lgan 56 ta telefon apparatlari, 8 ta xotira qurilmasi, 3 dona diniy adabiyotlar va 2 dona bank kartalari daliliy ashyo sifatida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Ushbu shaxslarning aksariyati Termiz shahridagi bozorlardan birida savdo faoliyati bilan shug`ullanib kelib, “Telegram” messenjerida alohida guruh tashkil qilgan holda, unda terroristik guruhlar g`oyalarini targ`ib qilib, o`zlarining Turkiya, Suriya va Misr Arab Respublikasidagi g`oyadoshlarini moliyaviy tomondan qo`llab-quvvatlash maqsadida alohida plastik karta tashkil qilib, yig`ilgan pul mablag`larini, ko`rsatilgan hududlarga yuborish bilan shug`ullanib kelishgan.
Shu o`rinda qo`lga olingan shaxslar orasida kelgusida Suriyaga borib, jangarilar safiga qo`shilishni rejalashtirganlari ham mavjudligi aniqlangan.
Hozirda qo`lga olingan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






