Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo`yicha jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
-60 kg vazn toifasida O`zbekiston sharafini himoya qilgan Abdumalik Xalakov final bahsida ringga ko`tarildi. Fransiyalik Sofian Oumiaga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ydi hamda jahon chempionati kumush medaliga ega chiqdi.