Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida quturish kasalligidan vafot etgan ayolning o`limi qayd etildi. Troisk tumanida yashovchi ayol uyidagi itdan quturish kasalligini yuqtirgan. It esa ushbu kasallikni hovliga kirib qolgan tulkidan yuqtirgan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Ayol itning tishlaganiga e`tibor bermagan, davolanishga ham harakat qilmagan. 2016 yil mobaynida viloyatda 20 ta kasallik o`chog`i aniqlangan. Bu halokatli virus tulki va itlarda ko`plab uchramoqda. Bundan tashqari virus daydi mushukda ham aniqlangan.





