AsosiyDunyo

Angela Merkel Valter Ratenau mukofoti bilan taqdirlandi

'Angela Merkel Valter Ratenau mukofoti bilan taqdirlandi'ning rasmi

Kecha, 5 noyabr kuni Germaniya kansleri Angela Merkel  siyosatdagi ulkan yutuqlari uchun Valter Ratenau nomidagi mukofot bilan taqdirlandi.  

Kanslerga mukofotni avstraliyalik tarixchi Kristofer Klark topshirdi.

Mukofot Valter Ratenau — nemis siyosatchisi, sanoatchi, Veymar Respublikasining tashqi ishlar vaziri sharafiga ta`sis etilgan. Bugunga qadar ushbu faxriy nishon bilan Shimon Peres, Xillari Klinton, Donald Tusk kabi siyosatchilar taqdirlangan.

Angela Merkel 2005 yildan buyon Germaniya kansleri bo`lib faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, u Xristian Demokratik Ittifoqi (CDU) rahbari bo`lgan. 2018 yilning dekabrida Merkel 2021 yilda vakolat muddati tugaganidan keyin siyosatdan ketishini va Bundestagga saylovlarda qatnashmasligini ma`lum qilgan edi. Kansler o`z qarorini yosh siyosiy liderlarga imkoniyat berishni xohlayotgani bilan izohlagandi.

26 oktabr kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmaer Merkelga iste`foga chiqish to`g`risida bildirishnoma topshirgan. U GFR yangi vazirlar mahkamasi shakllanmaguncha o`z faoliyatini davom ettiradi.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar