AsosiyJamiyat

Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo`ladi — Prezident

'Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo`ladi — Prezident'ning rasmi

— Albatta, bunday ochiqlik va oshkoralik sharoitida ishlash, o`z faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni to`g`ri qabul qilish eskicha qoliplar bilan yashayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qat`i nazar, biz bu yo`lni davlat siyosatining eng muhim yo`nalishlaridan biri deb bilamiz va uni izchil davom ettiramiz.

Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan OAV faoliyatiga to`sqinlik qilish, senzura o`rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o`tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish ko`zda tutilmoqda.

Bir so`z bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo`ladi, — dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar