Yurtimizda 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida maktab o`qituvchilarini emlash uchun 1 199 635 doza vaksina qo`llanildi.
Ularning:
- 514 316 dozasi birinchi,
- 398 503 dozasi ikkinchi,
- 286 816 dozasi uchinchi bosqichda qo`llanilgan vaksinalardir.
74,6 foiz maktab o`qituvchisi virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo`ldi. Umumta`lim sohasi vakillari orasida to`liq emlangan fuqarolar salmog`i 45,4 foizga etdi.






