Yurtimizda 7 oy avval boshlangan koronavirusga qarshi emlash jarayonlari davomida 99,5 foiz tibbiyot xodimlari virusga qarshi turli bosqichlarda emlanib bo`ldi.
Bu aholi qatlamini emlash uchun jami 1 014 409 doza vaksina ishlatilib, ularning:
- 450 352 dozasi birinchi,
- 408 355 dozasi ikkinchi,
- 155 702 dozasi uchinchi bosqichda qo`llanildi.
Tibbiyot sohasi vakillarining orasida to`liq emlangan fuqarolar salmog`i 76,8 foizga etdi.






