“France Football” jurnali bosh muharriri Paskal Ferre “PSJ” hujumchisi Lionel Messining “Oltin to`p” sovrinini olishi bo`yicha tarqalgan xabarlarga o`z munosabatini bildirdi.
“Bu mutlaqo asossiz gaplar. Oxirgi kunlarda bu haqda juda ko`plab ma`lumotlarni o`qimoqdamiz. Shuni ishontirib ayta olamanki, bularing barchasi uydirma”, - deydi Ferre.
Avvalroq Evropaning ko`plab nashrlari Lionel Messining ettinchi marotaba "Oltin to`p" olishi ma`lum bo`lgani borasida ma`lumotlar tarqalgan edi.