Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida olimpiada uchun qurilayotgan veloyo`lakcha o`pirilib ketib, oqibatda ikki kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
TASS xabariga ko`ra, halokatga veloyo`lakchaga yopirilgan katta to`lqin sabab bo`lgan. Guvohlarining aytishicha, bir necha kishini dengiz o`z komiga tortib ketgan. O`pirilgan joyning uzunligi 50 metrni tashkil qiladi.
Veloyo`lakchaning uzunligi esa 4 kilometr. U o`n metr balandlikdagi qoya yoqalab qurilgan.





