AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanish soni pasaymoqda

'O`zbekistonda koronavirus bilan kasallanish soni pasaymoqda'ning rasmi

Kasallanishlar soni yana pasaydi: kecha mamlakatimizda 260 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, pnevmoniyaga chalinish holatlari qayd etilmadi. Bu haqda SSV xabar berdi.

2021 yil 6 noyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 187924 (+258) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,  
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 14 nafari Namangan viloyatida,
  • 22 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 23 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 17 nafari Xorazm viloyatida,
  • 48 nafari Toshkent viloyatida,
  • 92 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 10 nafar,
  • Andijon viloyatida 27 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 31 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 6 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 21 nafar,
  • Samarqand viloyatida 25 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 20 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 45 nafar,
  • Toshkent shahrida 156 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 183969 (+357) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1338 nafarni tashkil qildi.

Mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyat yaxshilanayotgan bo`lsa-da, aholidan  hotirjamlikka berilmaslikni, belgilangan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilishlarini va bu orqali o`zlarini hamda boshqa yurtdoshlarimizning salomatligini asrash so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar