AsosiyJamiyat

Kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinovlari qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi

'Kollej va texnikumlarga kirish uchun test sinovlari qachon o`tkazilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Yurtimizdagi kollej va texnikumlarga kunduzgi ta`lim shaklida o`qishga kirish uchun test sinovlari 10–20 noyabr kunlari o`tkaziladi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shug`ullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qo`llab-quvvatlash maqsadida 2021/2022-o`quv yilida kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual ta`lim shakllari bo`yicha ro`yxatdan o`tgan abiturientlar kirish imtihonlarisiz to`lov-kontrakt asosida o`qishga qabul qilinadi.

2021/2022-o`quv yili qabulida kollej va texnikumlarga kunduzgi ta`lim shaklida o`qishga kirish uchun onlayn ro`yxatdan o`tgan abiturientlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021 yil 10–20 noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar