Ayni paytda Piskent tumanida Toshkent viloyati hokimi sovrini uchun katta uloq-ko`pkari musobaqasi boshlanish arafasida, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.

Olis-yaqindan kelgan yuzlab mahoratli chavandozlar ko`pkari musobaqasiga tayyorgarlik ko`rmoqda.

Bugungi xalq sayli daragini eshitganlar yuzlab chaqirimdan kelmoqda.

Sayilda o`nga yaqin milliy sport turlari bo`yicha ham musobaqalar o`tkaziladi. Asosiy maydon yaqinida kurash, o`zbek jang san`ati, kamondan o`q otish va boshqa sport turlari bo`yicha bellashuvlar tashkil etiladi.
Bellashuvlarda respublikamizning barcha hududlaridan sportchilar, havaskor yoshlar ishtirok etadi.
.






