AsosiyDunyo

Qo`l-oyoqsiz qiz batutda sakrash musobaqasida g`olib bo`ldi(Video)

Britaniyaning Derbi shahrida yashovchi 12 yoshli qo`li va oyog`idan ajralgan Izzi Uill ismli qiz batutda sakrash bo`yicha o`tkazilgan musobaqada g`oliblikni qo`lga kiritdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda

Internetga Uill protezlari yordamida haqiqiy sportchilardek harakatlanayotgani aks etgan videorolik joylandi. 

Uill bolaligida yurak huruji asoratida qo`l va oyoqlaridan ayrilgan edi.

Qizcha bakterial meningit bilan og`rigani sabab, jarrohlar uning qo`l va oyoqlarini olib tashlashga majbur bo`lgan.

2011 yilda Uillga protez o`rnatishgan edi.  Ularning yordamida qizcha yurishni, keyinroq sport bilan shug`ullanishni o`rgandi.

Boshqa yangiliklar