Uzoq muddatli chang-g`ubordan so`ng ayni vaqtda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yomg`ir yog`moqda.
Gidrometeorologik ilmiy tahlillarga ko`ra, janub Afg`onistondan kirib kelgan nam havo oqimi avval Surxondaryo, so`ngra Qashqadaryo viloyati ayrim hududlariga yog`ingarchiliklar bilan tarqaldi.
Ta`kidlanishicha, nam havo oqim yo`nalishi shimolga ya`ni Samarqand viloyati hududlariga yo`nalgan.
Eslatib o`tamiz, avvalroq "O`zgidromet" kuzatilgan past haroratlar atmosferada inversion qatlamini saqlanib qolishiga olib kelgani va bu chang tarqalishiga to`sqinlik qilganigi ta`kidlagan edi.






