Ijtimoiy tarmoqlarda "Shahar bedarvozami? Kim bo`ldi bular bemalol o`zgalarni joniga tahdid qilishmoqda" deb nomlangan video tarqalmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma`lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22.00 larda Bog`ishamol ko`chasida bir nechta fuqarolar o`rtasida janjal yuz bergan.
Xususan, 30 yoshli J.I. va uning tanishlari 30 yoshli M.X., 39 yoshli J.A., 24 yoshli U.R., 37 yoshli X.A., 27 yoshli X.S., 30 yoshli U.D. o`zaro janjallashgan.
Natijada gumonlanuvchilardan biri 30 yoshli J.I. qochmoqchi bo`lgan "Chevrolet Equinox" rusumli (davlat raqami 01 U 245 MB) avtomobilga zarar etkazgan.
"Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda",-deyiladi xabarda.