1

Antibiotiklarning xavfli jihati aniqlandi

Salomatlik 08.11.2021, 10:59
Antibiotiklarning xavfli jihati aniqlandi

Antibiotiklardan  o`zboshimchalik bilan foydalanish tananing boshqa a`zolari faoliyatini ham izdan chiqaradi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi ko`p bora ta`kidlamoqda. Qayd etilishicha, antibiotiklar ,ayniqsa, jigar va buyrak etishmovchiligi holatlarida juda og`ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. 

Shvesiyalik olimlar shu borada tadqiqot o`tkazishdi va antibiotiklarning yana bir xatarli asoratini aniqlashdi. Ularning xulosasiga ko`ra, bunday preparatlarni qabul qilgan insonlarda 5-10 yil ichida kolorektal saratonning rivojlanish xavfi oshadi.  

Olimlar olti yil davomida yo`g`on va to`g`ri ichak saratoni bilan kasallangan 40 ming nafar bemorni alohida kuzatuv ostiga olishgan. Tadqiqot davomida ularning o`tgan 10 yil davomida qancha miqdorda va qaysi antibiotiklardan foydalangani o`rganilgan.

Ma`lumotga ko`ra, antibiotik qabul qilgan bemorlarda yo`g`on ichakda saraton rivojlanish xavfi yuqoriligi aniqlangan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1