“E`tirof-2015” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominasiyasi g`olibi Malika Egamberdieva “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida kelajakda qanday inson bilan taqdirini bog`lash niyati haqida aytib o`tdi.
“Har bir inson uchun oila mo``tabar hisoblanadi. Shu boisdan ham oila men uchun birinchi o`rinda turadi. San`atda qanday darajaga etishimdan qat`iy nazar, menga bunday talab qo`yilsa, albatta hech o`ylab o`tirmasdan, oilani tanlagan bo`lardim.
Lekin shunday holatga tushmaslikni chin dildan istardim. Chunki, san`at— bu mening kasbim. Uni butun vujudim, chin dildan yaxshi ko`raman. San`atsiz yashashim juda qiyin. Nega deganda, usiz hayotimni tasavvur qilolmayman. Shuning uchun niyat qilamanki, turmush o`rtog`im meni, san`atimni hurmat qiladigan inson bo`lsin. Kasbimni tushunmaydigan odamga turmushga chiqmayman”,—deydi Malika.





