AsosiyJamiyat

Magistratura mutaxassisliklariga qo`shimcha qabulga ruxsat berildi

'Magistratura mutaxassisliklariga qo`shimcha qabulga ruxsat berildi'ning rasmi

Davlat OTMga 2021/2022-o`quv yili magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi (40 ball) va undan yuqori ball to`plagan abiturientlarni tegishli OTM tomonidan belgilangan to`lov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qat`iy amal qilgan holda qo`shimcha qabul qilishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi xabar berdi.

Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli OTM qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.

To`lov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.

 Prezidentning PQ–5157-son  ko`ra, magistratura mutaxassisliklariga qo`shimcha qabul to`lov-kontrakt miqdori bir talabaning o`qishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda OTM tomonidan belgilanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar