1

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Jamiyat 08.11.2021, 15:14
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi qarori (674-son, 04.11.2021 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vaziriligi ma`lum qildi.

Kiritilgan qo`shimchalarga ko`ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.

 Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o`qiyotgan talabalarga to`lanadi.

 Stipendiyalar uchun nomzodlarni ko`rsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning o`quv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi.

Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30 sentyabr kunlari ko`rib chiqiladi.

Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1