1

"Magic City"da shar sotuvchi yigitlar park qo`riqchilari bilan janjallashdi (video)

Jamiyat 08.11.2021, 17:14
"Magic City"da  shar sotuvchi yigitlar park qo`riqchilari bilan janjallashdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda "Magic City"da ommaviy tartibsizlik yuz bergani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan bayonot bergan Toshkent shahar IIBBga ko`ra, joriy yilning 6 noyabr kuni taxminan soat 22.30 larda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan "Magic City" ko`ngilochar dam olish maskanida gaz to`ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar 2000 yilda tug`ilgan U.D., 2002 yilda tug`ilgan A.X., 2003 yilda tug`ilgan I.U., 2004 yilda tug`ilgan M.T.lar noqonuniy savdo qilayotgani uchun majmuaning qo`riqlash xizmati xodimlari tomonidan chiqarib yuborilayotganda ular o`rtasida o`zaro janjal yuz bergan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1