1

2024 yilga kelib ipak qurti importiga chek qo`yiladi — Sarvinoz Ahmedova

Jamiyat 08.11.2021, 17:45
Teglar: Pilla
2024 yilga kelib ipak qurti importiga chek qo`yiladi — Sarvinoz Ahmedova

Joriy yilning buguniga qadar bo`lgan davrda korxonalar tomonidan 240 ming quti yoki 28,5 mlrd. so`mlik ipak qurti urug`i tayyorlandi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "O`zbekipaksanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Sarvinoz Ahmedova ma`lum qildi. Qayd etilishicha , ipak qurti urug`i tayorlashda yaxshigina o`sishga erishilgan—129 foiz.

Rivojlanish   va o`sish shu darajada yuqori qiymatni kasb etsa, 2024-2025 yillarga borib respublikada sifatli ipak qurti urug`iga bo`lgan talab mahalliy korxonalar tomonidan to`liq qondiriladi va ipak qurti urug`ining importiga chek qo`yiladi.

Yana bir e`tiborli jihati shundaki, mamlakatda pilla etishtirishning ham  o`z rejasi bor.  Respublikada bu ham ortig`i bilan bajarilagan. Xususan, joriy yilda 22,4 ming tonna pilla etishtirish reja-topshirig`i belgilangan bo`lib, amalda jami 22,7 ming tonna xomashyo topshirlgan. Bu esa prognozga nisbatan 101,3 foizni tashkil etadi.

Ta`kidlanishicha, joriy yilda “O`zbekipaksanoat” uyushmasi tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ipak mahsulotlari bilan Turkmanistonning Avaza shahrida bo`lib o`tgan “Made in Uzbekistan” xalqaro ko`rgazmasida ishtirok etdi.

Ma`lumotga ko`ra, pilla mahsulotlari eksport geografiyasida ham kengayish kuzatilmoqda. Xususan, 2020 yilda 14 ta davlatga eksport qilingan bo`lsa, joriy yilning 10 oyligida eksport qilingan davlatlar soni 16 taga etgan.  

Sharhlar

O`zbekistonda pilla hosili 19 ming tonnaga etkazildi

14.11.2019, 10:36

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 noyabr kuni chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va ipakchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish masalalariga bag`ishlangan videoselektorda ipakchilik sanoatini rivojlantirish masalalari ham ko`rib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1