AsosiyJamiyat

Xalqaro fizika olimpiadasi ilk bor O`zbekistonda o`tkaziladi

'Xalqaro fizika olimpiadasi ilk bor O`zbekistonda o`tkaziladi'ning rasmi

8–13 noyabr kunlari Farg`onada O`zbekistonda ilk bor Ahmad al-Farg`oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi bo`lib o`tadi.

Bugun Farg`onada turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilarni tantanali kutib olish marosimi o`tkazildi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun, mazkur xalqaro olimpiadada Rossiya, Tojikiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Ummon sultonligi, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Misr kabi dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 100 nafardan ortiq o`quvchi qatnashishi kutilmoqda.

Avvalroq O`zbekistonlik o`quvchilar xalqaro fizika, shuningdek, matematika olimpiadasida g`oliblikni qo`lga kiritgani haqida xabar bergandik.

    Boshqa yangiliklar