AsosiyJamiyat

"Uzbekistan Airports" aeroportda to`planib qolgan odamlar bilan bog`liq holatga oydinlik kiritdi

'"Uzbekistan Airports" aeroportda to`planib qolgan odamlar bilan bog`liq holatga oydinlik kiritdi'ning rasmi

Joriy yilning 8-noyabr kuni tushdan keyin "Navoiy" xalqaro aeroportiga Rossiya IFly aviakompaniyasining Navoiy – Moskva va Navoiy – Sankt-Peterburg yo`nalishidagi reyslari bilan parvoz qilish niyatida yo`lovchilar kela boshladilar. Biroq, bu reyslar jadvalda mavjud emas edi.

Yo`lovchilarning so`zlariga qaraganda, ular aviachiptalarni Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan "Vostok Buxoro" kompaniyasining turli filiallaridan sotib olganlar. Mahalliy vaqt bilan soat 18:00da aeroportda 200 kishi to`plangan.

"Navoiy" aeroporti xodimlari chiptalarni sotgan kompaniya bilan bog`lanib, yo`lovchilarga barcha zarur ma`lumotlarni taqdim etishni va mavjud vaziyatni hal etishni talab qildilar. Kompaniya vakillari barcha yo`lovchilar chipta uchun pulni qaytarib berishlarini aytdi. Ayni paytda yo`lovchilar aerovokzal binosidan chiqib ketishmoqda.

Eslatib o`tamiz, " Uzbekistan Airports" AJ aviachiptalarni sotish bilan bog`liq emas.

Boshqa yangiliklar