AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda besh oy ichida 11 ta tumanda aholining kadastr oid muammolari o`rganildi

'Qashqadaryoda besh oy ichida 11 ta tumanda aholining kadastr oid muammolari o`rganildi'ning rasmi

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarma boshlig`i G`ayrat Hamroevning hududlardagi qabullari may oyidan buyon davom etib kelmoqda.  Bu haqda Boshqarma Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishircha, hozirgi kunga qadar viloyat kadastr tashkiloti  Qarshi shahri, Qarshi tumani, Kasbi,Mirishkor,Shahrisabz shahri ,Shahrisabz tumani,Kitob, Yakkabog`, Koson, G`uzor va Qamashi tumanlarida aholining kadastrga oid murojaatlarini ko`rib chiqildi.

Kuni kecha Qamashi tumanida o`tkazilgan sayyor qabulda ham aholining kadastrga doir muammolariga echim izlandi. Qabulda 15 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglanib, besh nafar murojaatchining muammosi joyida ijobiy hal etilgan. Ikki nafar fuqaroga esa murojaati bo`yicha huquqiy tushunchalar berilgan. Sakkiz nafaf murojaatchining muammolarini batafsil o`rganish uchun tuman filialiga topshiriqlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullarni yil yakunigacha Nishon, Muborak, Chiroqchi, Dehqonobod tumanlarida o`tkazish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar