AsosiyJamiyat

Farg`onadagi mahalla quturish kasalligi bo`yicha xavfli hudud deb e`lon qilindimi? Rasmiy ma`lumot berildi

'Farg`onadagi mahalla quturish kasalligi bo`yicha xavfli hudud deb e`lon qilindimi? Rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Oltiariq tumanida qayd etilgan quturish kasalligi bo`yicha turli xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabarlar yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi munosabat bildirdi. 

Keltirilishicha, Oltiariq tumani “Azimobod” MFY “Obod Diyor” ko`chasi 15-uyda yashovchi fuqaro Xamraliev Azizbek 2021 yil 25 sentyabr kuni Azimobod veterinariya uchastkasi mudiri T.Qirg`izboevga telefon orqali murojaat qilib, 1 bosh sigiri bozordan  13 kun avval sotib olinganligini bildirib, ishtahasi yo`qligi, noxush xolatdaligi xaqida xabar bergan. Uchastka mudiri T. Qirg`izboev kasallangan xayvonni veterinariya ko`rigidan o`tkazganda quturish kasalligiga xos klinik belgilar qayd etilgan.

Ushbu qoramoldan olingan namunalar Viloyat xayvon kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi davlat markazi virusologiya bo`limida tekshirilganda (28 sentyabr 2021 yil №2850 sonli ekspertizasi) qutirish kasalligi tasdiqlanib, yakuniy tekshirish xulosasi olish uchun 1 oy   bioprobaga  qo`yilgan.  

Oltiariq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limiga qutirish kasalligiga qarshi kompleks veterinariya-sanitariya tadbirlari o`tkazish bo`yicha ko`rsatma berilgan.

Quturish kasalligini kelib chiqishiga asosiy sabablardan biri Azimobod MFY  cho`l hududidagi yovvoyi  fauna mavjudligi, ya`ni yovvoyi xayvonlar yoki kemiruvchilar borligi kasallik  kelib chiqishiga sabab bo`lgan.

Ushbu xudud tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi tomonidan alohida nazoratga olinib xozirda  aholi qaramog`idagi chorva xayvonlari klinik ko`rikdan o`tkazilib, profilaktik veterinariya-sanitariya tadbirlari o`tkazilmoqda. Mazkur xududda qutirish kasalligiga qarshi  53 bosh  it Biokan-R vaksinasi bilan emlandi, 12 bosh daydi       qarovsiz itlar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ovlandi. Xonadon egasi Xamraliev A va turmush o`rtog`i Xamrolieva N kasal xayvon bilan kontaktda  bo`lganligi uchun tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi markazi tomonidan medisina muolajasi olib, ularning umumiy xolati yaxshi.  

Boshqa aloqada bo`lgan shaxslar aniqlanmadi, deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar