AsosiyJamiyat

Mudofaa vazirligi Olmaliqda ayolga qo`l ko`targan "harbiy xodim" bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi

'Mudofaa vazirligi Olmaliqda ayolga qo`l ko`targan "harbiy xodim" bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahar Mudofaa ishlari bo`limi boshlig`i bozorda ayol kishiga nisbatan noo`rin xatti-harakatni amalga oshirgani aytilayotgan video tarqaldi.

Shundan so`ng videodagi holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingani  aytildi.

Mudofaa vazirligi Tekshiruv natijasi yuzasidan qo`shimcha xabar berdi. 

Unga ko`ra, vazirlik tizimidagi hech bir harbiy xizmatchi bu kabi bosimlarni o`tkazishga urinmagan. O`zini yolg`ondan vazirlik xodimi deya tanishtigan shaxs bo`yicha ma`lumotlar mas`ul boshqarma va organlarga topshirilgan.

" - Vazirlik nomidan foydalanib, bunday xatti-harakatni amalga oshirgan shaxs aniqlanadi va unga qonuniy chora ko`riladi", - deyiladi bayonotda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar