Yakkabog`lik Tilovat Muhammadieva ikki farzandi bilan shu vaqtgacha ijarada yashaydi. Oilaning yolg`iz boquvchi bu ayolning farzandlari Gemofliya kasalligi bilan xastalangan. Bosh-panasiz, bemor farzandlarini tarbiyalayotgan ayolning dard yuki uncha-munda kishini egab qo`yishi, tabiiy.
Opasining taklifi bilan Yakkabaog` tuman DXMning CALL CENTER raqamiga subsidiya orqali uy - joy olish uchun qo`ng`iroq qiladi. DXM xodimlari Tatar MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro T.Muhammadievaning xonadoniga tashrif buyurib sayyor tarzda subsidiya uchun kerakli hujjatlarni olishdi.
- Bugun juda quvondim kechagina qilgan qo`ng`irog`imga bir kunda markaz xodimlari etib kelishadi deb o`ylamagandim, - deydi Tilovat Muhammadieva.






