Aktyor Robert Dauni-kichkina “O`rgimchak odam” filmining yangi qismida suratga tushadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Akter dastlab bu rolni ijro etishni rad etgan bo`lsa-da, yana temir odam rolini ijro etadi.
Yangi kinofilm 2017 yilda ekran yuzini ko`radi. Uni suratga olish ishlari esa may oyidan boshlanadi.
Marvel sutdiyasi garchi bu ma`lumotni rasman tasdiqlamagan bo`lsa-da, aktyor bilan “Qasoskorlar” filmining yana ikki qismi uchun shartnoma imzolangan. Temir odamning o`zi haqidagi filmlarda esa aktyor boshqa ishtirok etmaydi.
“O`rgimchak odam” da aktyor bosh qahramonlardan birini gavdalantiradi.