AQSh prezidenti Barak Obama 21 aprel, payshanba kuni London shahriga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad— kutilayotgan referendumda britaniyalik saylovchilarni Evro Ittifoqqa a`zolikdan bosh tortmaslikka ko`ndirish.
“Prezidentning ta`biri bilan aytganda, biz Evro Ittifoqdagi kuchli Birlashgan Qirollikni qo`llab-quvvatlaymiz”,—dedi Obamaning milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchisi o`rinbosari Ben Rods.
Obamaning o`zi esa Buyuk Britaniya terrorrizmga qarshi kurashda yordam berishi uchun o`zining Evropadagi ittifoqdoshlariga yaqin bo`lib qolishi keraklini aytdi.
Obama Londonga Saudiya Arabistonidan uchib keldi. AQSh prezidenti bu mamalkatda qirol Salmon bilan muzokaralar o`tkazdi.
2015 yilning may oyida Britaniya bosh vaziri Devid Kameron 2017 yilning oxiriga qadar mamlakatning Evro Ittifoqqa a`zoligi yuzasidan referendum o`tkazishga va`da bergan edi.





