AsosiyJamiyat

Namanganda avariya oqibatida 1 kishi vafot etdi

'Namanganda avariya oqibatida 1 kishi vafot etdi'ning rasmi

6 noyabr kuni soat 12:00 larda, 4R117 To`raqo`rg`on-Namangan-Chortoq-Keskanyor yo`lining 42 km.da, Chortoq tumani A.Navoiy MFY hududida, Chortoq tumanida yashagan, 1957-yilda tug`ilgan fuqaro VAZ-21011 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, burilish mumkin bo`lmagan joydan yo`lning chap tomoniga burilayotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1985-yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvidagi Gentra rusumli avtomashinasi bilan to`qnashgan.

Natijada, VAZ-21011 rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda shu avtomashinada bo`lgan yo`lovchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1958 yilda tug`ilgan fuqaro chap bo`yin sohasining lat eyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar