Denovda qariyb 13 million so`mlik giyohvad moddalar savdosiga chek qo`yildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 19:20 larda Jarqo`rg`on tumanida yashovchi, K.Samad (ism sharif o`zgartirilgan) boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashinasida mijozga 37 dona gugurt qutisida bo`lgan sof vazni 113.03 gramm "Marixuana" giyohvandlik vositasini 12.950.000 (o`n ikki million to`qqiz yuz ellik ming) so`mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Hujjatlari esa tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
"25 oktyabr kuni K.Samadga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan",-deyiladi xabarda.






