Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmaliq shahar bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro M.A. “Z.” MChJ ta`sischisi A.ning ishonchiga kirib, unga sud hukmi bilan engil jazo tayinlanishida yordam berganligini va hozirda o`tab kelayotgan axloq tuzatish ishlari jazosini bekor qilib bera olishini hamda sudlanganlik holatini olib tashlashda yordam berishini aytib, evaziga 4 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






