Ijtimoiy tarmoqlarda «Quva tumanida IIB raxbariyati tomonidan profilaktika inspektorlari huquqlari poymol qilinmoqda-mi» sarlavhali videomurojaat tarqalmoqda. Murojaatga ko`ra, sobiq inspektor Quva tuman IIB boshlig`i o`rinbosari mayor Ahmadjonovning hodimlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakati bo`yicha shikoyat qilgan. Jumladan, u mayor shaxsiy manfaati uchun profilaktika inspektorlariga kunlik 55 ming so`mlik «o`rta fond» joriy qilgani, 100 bosh qoramol uchun qurayotgan molxonasiga kerakli qurilish materiallarini xodimlari zimmasiga yuklaganini ta`kidlagan.
Murojaat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB rasmiy munosabat e`lon qildi.
Keltirilishicha, mazkur murojaat Farg`ona viloyati IIB tomonidan o`rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, murojaatchi Nishonov Nozimjon Navro`zbek o`g`li muqaddam ichki ishlar organlarida ishlab, xizmat vazifasiga mas`uliyasizlik bilan yondashganligi, surunkali ravishda xizmat intizomini buzib, ichki ishlar organlari xodimlariga nomunosib xatti-harakatlar sodir etganligi uchun, salbiy sabablarga ko`ra, 2021 yilda ichki ishlar organlaridan bo`shatilgan.
"Shuningdek, sobiq xodim N.Nishonovni videomurojaatidagi IIO xodimlari bilan bog`liq keltirilgan holatlar yuzasidan viloyat IIB tegishli xizmatlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilayotganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda.






