Bugun AOKAda Turizm va sport vazirining birinchi o`rinbosari Ulug`bek A`zamov, boshqarma boshlig`i Ibrohim Barnoev, vazirlik axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboeva ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida mavzu yuzasidan ma`lumot berildi.
Ta`kidlanishicha, turizm sohasini tiklash uchun olib borilgan amaliy ishlar natijasida joriy yilning 9 oyi davomida yurtimizga 1 mln. 200 ming (1 135 621) nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan va 273 mln. dollar miqdorida turizm xizmatlari eksport qilingan.
Tahlillarga ko`ra, 2021 yilda ayrim G`arbiy Evropa, Amerika va MDH davlatlaridan kutilganidan ko`proq sayyohlar tashrif buyurmoqda. Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya) davlatlardagi cheklovlar sababli prognoz qilingan ko`satkichlardan kam miqdorda sayyoh kelgan.
Yil davomida mazkur toifadagi sayyohlar sonini 1 mln. 700 ming nafarga etkazish progonoz qilingan. Emlash jarayoni yo`lga ko`yilganidan keyin xalqaro turizm jonlangan.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida o`rtacha har oyda 85 ming nafar xoriyjiy fuqarolari sayyoh sifatida mamlakatimizga kirib kelgan bo`lsa, bu ko`rsatkich avgust va sentyabr oylarida deyarli 190 mingga etgan.






