AsosiyJamiyat

O`zbekistonda emlanuvchi qatlamning 70 foizi birinchi doza vaksinani olib bo`ldi

'O`zbekistonda emlanuvchi qatlamning 70 foizi birinchi doza vaksinani olib bo`ldi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekistonda emlanuvchi qatlamning 70 foizi birinchi doza vaksinalarini olib bo`lgani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, 10 noyabrda O`zbekiston hududlari bo`ylab 326 980 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 187 647  nafarni,  
  • 2-bosqich emlanganlar 81 759 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 57 574 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha jami 28 821 483 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 15 021 836 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 9 131 332 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 4 668 315 nafarni tashkil qildi.

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Samarqand viloyati (59 469 doza),
  • Toshkent shahri (31 536 doza),
  • Toshkent viloyati (31 355 doza) band qildi.

"Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 70 foizni tashkil qilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar